SportUz.Net

Ronaldu 2025 yilgi klublar o'rtasidagi JCH tufayli jamoasini o'zgartirmoqchi

28.03.2025 17:54    


Rasmni yuklab olish

Krishtianu Ronaldu klublar o'rtasidagi mundialda ishtirok etish uchun boshqa jamoaga o'tish ehtimoli bor.

Bu haqda "Sky Sports" xabar qildi.

Manbalarga ko'ra, 40 yoshli portugaliyalik 2025 yilgi klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun boshqa klub bilan qisqa muddatli shartnoma imzolash imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Yoshi tufayli Ronaldu katta ehtimol bilan bu yilgi klublar o'rtasidagi JCHdagina o'ynay oladi, chunki keyingi turnir 2029 yilda o'tkazilganda u 44 yoshda bo'ladi. 

Ronalduning "Al Nassr" bilan shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydi va klub turnirga yo'llanmani qo'lga kirita olmadi. Ayni vaqtda uning asosiy raqibi Lionel Messi musobaqada "Inter Mayami" tarkibida maydonga tushadi.

Krishtianu Ronaldu milliy terma jamoasi safida ketma-ket 22 yil gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi. Bundan tashqari, uning hisobida barcha musobaqalarda 929 ta gol bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: