
Manbaning xabar berishicha, futbolchi bu haqda Kataloniya klubi prezidenti Joan Laportaga aytgan.
Rejaga ko'ra, forvard 2022 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi. Kelishuv keyingi yilda yana bir yilga uzaytiriladi.
33 yoshli Messi o'tgan mavsumda "Barselona" uchun barcha musobaqalarda 47 o'yin o'tkazib, 38 ta gol urdi va 14 ta golli uzatma qayd etdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning 30 iyunida tugaydi.

"Bu unga cho'qqida qolish imkonini berdi" - Sobiq UFC chempioni Xabibning ustunligi sirini aytdi
Iliya Topuriya: "Men Maddalena emasman. Maxachevni o'ng qo'lim bilan ursam, uyquga ketadi"