SportUz.Net
photo photo

Gattuzo "Fiorentina"dan ketdi. U jamoani yaqinda qabul qilib olgan edi

17.06.2021 19:50    


Rasmni yuklab olish

Jennaro Gattuzo "Fiorentina" bosh murabbiyligidan ketdi.

Klub bayonotida yozilishcha, qaror ikki tomonning kelishuvi bilan qabul qilingan.

Oldinroq xabar berilganidek, klubda Gattuzoning rahbarlar, aniqrog'i xo'jayin Rokko Kommisso va sport direktori Jankarlo Antononi bilan kelisha olmayotgani aytilgan edi.

"Fiorentina"ni qabul qilib olgan italiyalik mutaxassis jamoa tarkibini kuchaytirmoqchi edi. Ammo, bir nechta o'yinchilar bilan kelishuvga erishilmadi.

Xususan, bu Nikolas Gonsales va Serjiu Oliveyraga tegishli. bu o'yinchilar va Gattuzoning agenti Mendesh sanaladi.

Eslatib o'tamiz, Gattuzo 25 mayda "Fiorentina" bosh murabbiyiga aylangan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: