SportUz.Net
photo photo

Azar navbatdagi jarohatdan tiklandi

17.02.2021 09:23    


Rasmni yuklab olish

Madridning "Real" klubi o'yinchilarning jarohati sabab yuzaga kelgan inqirozdan chiqishni boshladi.

Yaqindagina bosh murabbiy Zinedin Zidan faqatgina 12ta maydon o'yinchisiga ishonch bildirishi mumkin edi. Kecha umumiy guruhdagi mashg'ulotga 3 fevraldan beri navbatdagi jarohatini tiklayotgan belgiyalik yarim himoyachi Eden Azar qo'shilgan.

Azar cheklovlarsiz to'p bilan ishladi, ammo kuch va chidamlilik talab qilinadigan mashqlarni bajarmadi. Futbolchining "Valyadolid"ga qarshi o'yinda zaxirada qolishi kutilmoqda.

30 yoshli Eden Azar joriy mavsum 13ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: