SportUz.Net
photo photo

PSJ Donnarummaga yiliga 10 mln evro taklif qilmoqda

08.06.2021 15:50    


Rasmni yuklab olish

PSJ "Milan" darvozaboni Janluiji Donnarumma bilan muzokara o'tkazmoqda.

Futbolchining shartnomasi 30 iyunda yakuniga etadi. Oldinroq "Milan" bitim uzaytirilmasligini malum qilgandi.

Manbaning xabariga ko'ra, francuz klubi o'yinchiga bir mavsum uchun 10 mln evro maosh taklif qilmoqda. O'yinchi uchun "Yuventus" ham davogarlik qilmoqda, ammo "Yuve" Donnarummaga joy bo'shatish uchun hali Voycex SHensnini sota olgani yo'q.

22 yoshli darvozabon o'tgan mavsum "Milan" tarkibida 48ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 54ta to'p olib chiqdi va 15 bor "quruq" o'yin o'tkazdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: