Ushbu bahsda ikki nafar futbolchimiz diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olmaydi.
U-23 Osiyo chempionati doirasidagi so'nggi bahsda to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgan Oybek Bozorov ikkita rasmiy o'yinga chetlatilgan. Kechagi Singapur bilan bahsda ham maydonga tushmagan Bozorov faqat Saudiya Arabistoni bilan o'yinda ishtirok etish huquqiga ega bo'ladi.
Kecha Singapur bilan o'yinda Otabek SHukurov sariq kartochka oldi va uning ogohlantirishlari soni 2taga etdi. SHunday qilib, SHukurov ham Yaman bilan maydonga tushmaydi.
Jaloliddin Masharipov, Islom Qobilov va Odiljon Hamrobekovda bittadan sariq kartochka bor. Agar ular Yaman bilan bahsda ogohlantirish olishsa Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tusha olishmaydi.
Yaman safida esa bitta diskvalifikaciyaga uchragan futbolchi bor. Bu Abdulvasea Abdulloh Muhammad Al Matari.
Eslatib o'tamiz, Yaman - O'zbekiston uchrashuvi 11 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.