"Birinchi navbatdagi yigitlarni tabriklagan bo'lardim, sababi bunday qiyin sharoitda katta hajmdagi ishni bajarishdi. Albatta, hisob xursand qiladi, ammo bunday o'yin uchun ko'plab sariq kartochkalar va jarohatlangan o'yinchilar ham bor. Maydon biroz qattiqroq, bu nima bilan bog'liq ekanligini bilmayman, ammo o'yinchilar oyoqlarini shikastlab olishdi, afsus.
O'yin borasida ham etirozlar bor. Umid qilamanki, bu ilk o'yindagi jayajon bilan bog'liq holat. Ertaga tizzasidan jarohat olgan o'yinchilarning holati aniq bo'ladi. O'yinda majburiy o'zgarishlar bo'ldi va rejaga biroz putur etdi, ayrim o'yinchilarga dam bermoqchi edik, ammo ular oxiriga qadar o'ynashga majbur bo'lishdi", - deydi Abramov.
→ JCH saralashi. O'zbekiston Singapur darvozasiga javobsiz 5 ta to'p kiritdi!
Floyd Meyvezer barcha davrlarning o'zidan boshqa eng buyuk bokschini aytdi, u Ali emas!