Ispaniya terma jamoasi Evro-2024 chorak finalida Germaniyani 2:1 hisobida taslim qildi. Uchrashuv bosh hakami Entoni Teylor Jamal Musiala zarbasidan so'ng to'p Mark Kukurelya qo'liga tekkanidan so'ng ispanlar darvozasiga penalti belgilamadi.
Malumotlarga ko'ra, uchrashuvdan so'ng nemislar yordamchi murabbiyi Sandro Vagner hakamlar xonasiga bostirib kirgan va Entoni Teylorni baland ovozda haqorat qilgan. Katta ehtimol Germaniya terma jamoasi sobiq forvardi belgilanmagan penaltidan g'azablangan.