SportUz.Net
photo photo

Dembele "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirishga shoshilmayapti

02.06.2021 18:25    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" hujumchisi Usmon Dembeleklub bilan yangi shartnoma imzolashga shoshmayotganini aytdi.

24 yoshli franciyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 12 oydan so'ng yakuniga etadi.

"Ko'ramiz, barchasi qanday kechadi. Biz "Barsa" rahbariyati bilan uchrashamiz. SHoshilish yo'q, menda hali qaror qilish uchun vaqt bor. Hozirda mening barcha etiborim bo'lajak Evropa chempionatiga qaratilgan", - deydi Dembele.

"Barselona" hujumchini 2017 yilning yozida Dortmundning "Borussiya" klubidan 135 million evro evaziga xarid qilgandi.

Futbolchi o'tgan mavsum La Ligada 30ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 3ta assist qayd etdi.

    


Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: