Bugun tongda Milliy jamoamiz delegaciyasi HY-333 havo reysi orqali Dubay shahriga jo'nab ketdi. Futbolchilarimizni nima uchun oldingi safarlardagi kabi muxlislar klubi aeroportga kuzatib qo'ymadi degan savol yuzaga kelishi mumkin.
"Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedovning iltimosiga ko'ra, dabdabali kuzatish marosimlari yosh futbolchilarga ortiqcha bosimni keltirib chiqarishi mumkinligini o'ylab bu safar terma jamoamizni duo qilib, ortiqcha dabdabasiz kuzatishga qaror qildik", - deydi Abdurahmon Fozilov.
O'zbekiston MTJ 30 may sanasida Tailand vakillariga qarshi to'p tepadi va 1 iyun kuni Saudiya Arabistoniga etib boradi.
Malumot o'rnida, bosh murabbiy Vadim Abramov Saudiya Arabistonida o'tadigan JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo'shma saralash bosqichidagi hal qiluvchi uchrashuvlar uchun 28 nafar futbolchini jalb etgan.
Darvozabonlar: Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Valijon Rahimov (AGMK), Sanjar Quvvatov ("Paxtakor").
Himoyachilar: Islom To'xtaxo'jaev ("Qizilqum"), Islomjon Qobilov ("Lokomotiv"), Rustamjon Ashurmatov ("Kanvon", Janubiy Koreya), Oleg Zoteev ("CHonnam Dragons", Janubiy Koreya), Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Paxtakor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Sanjar Qodirqulov ("Lokomotiv"), Umarbek Eshmurodov ("Nasaf"), Husniddin Aliqulov ("Nasaf").
Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov ("Canchjou Mayti Layons", Xitoy), Otabek SHukurov ("SHarja", BAA), Odiljon Hamrobekov ("SHabab Al-Ahli", BAA), Abrorbek Ismoilov ("Paxtakor"), Ikrom Aliboev ("Tedjon Sitizen", Janubiy Koreya), Jaloliddin Masharipov ("SHabab Al-Ahli", BAA), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Dostonbek Hamdamov ("Xatta", BAA), Vagiz Galiulin ("Nefteximik", Rossiya), Sanjar SHoahmedov (AGMK).
Hujumchilar: Eldor SHomurodov ("Jenoa", Italiya), Temurxo'ja Abduholiqov ("Lokomotiv"), Igor Sergeev ("Aktobe", Qozog'iston), Farruh Ikromov ("Bunyodkor"), SHohruz Norxonov ("So'g'diyona").
Video operator: Samandar SHokirov
Foto: Jahongir Fayzullaev