SportUz.Net
photo photo

FIFA JCH-2022 saralashi borasida jiddiy qaror qabul qildi. Bu O'zbekiston MTJga ham tasir qilishi mumkin

27.05.2021 15:50    


Rasmni yuklab olish

Bugun FIFA Osiyo qitasidagi JCH-2022 saralashi borasida jiddiy qaror qabul qildi.

Unga ko'ra "H" guruhida ishtirok etgan KXDR terma jamoasi saralashni davom ettira olmasligi bois uning oldingi natijalari bekor qilindi. SHu sababli Turkmaniston terma jamoasi 3 ochkodan mahrum bo'ldi va guruhda birinchi o'rindan uchinchi o'ringa tushib qoldi.

Yana bir jihat guruhdagi eng yaxshi ikkinchi o'rinni olgan jamoalarni aniqlashda endi guruhlardagi beshinchi o'rinni egallagan terma jamoalar bilan o'yinlar bekor qilinadi.

Yani deylik O'zbekiston milliy terma jamoasi guruhda ikkinchi o'rinni egallasa guruhimizdagi so'nggi o'rinni egallangan terma jamoa bilan o'yinlar bekor qilinadi. Bunday holatda biz uchun so'nggi o'rinni Falastin egallagani yaxshiroq. Sababi Singapur va Yamanni bir martadan mag'lub etganmiz, Saudiya Arabistonidagi markazlashgan musobaqada ham bu jamoalarni yutamiz deb umid qilamiz. SHunda Singapur va Yamandan 6tadan ochko olgan bo'lamiz. Falastindan esa 3 ochko olganmiz (bitta g'alaba, bitta mag'lubiyat).

Ayni paytda ikkinchi o'rindagi jamoalar reytingi quyidagicha ko'rinish olgan:



Biz O'zbekiston terma jamoasiga bo'lajak uchala bahsda ham g'alaba qozonishiga ishonamiz, shunday bo'lsa vakillarimiz guruhda BIRINCHI o'rin bilan keyingi bosqichga chiqishadi. Saudiya Arabistoni esa guruhda oxirgi o'rinni kim oldi deb hisob-kitob qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: