"Goal" xabariga ko'ra, "shaharliklar" forvard uchun 120 mln evro to'lashga tayyor turibdi. Agarda ushbu transfer amalga oshadigan bo'lsa, ikki klub uchun ham bu eng yirik transfer bo'lishi mumkin. Keynning xizmatlariga ancha vaqtdan buyon "CHelsi", "Manchester Yunayted" va "Barselona" kabi jamoalar tomonidan qiziqishlar bo'layotgandi.
Malumot uchun, ushbu mavsumda 27 yoshli Keyn "Tottenxem" tarkibida 48 ta o'yinda 32 gol va 16 assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilga qadar davom etadi.
"Ikkinchi bosqichni yakunladim". Maxachev mashg'ulot jarayonidan suratlarni ko'rsatdi (FOTO)
Tom Aspinall: "UFC chempioni sifatida faol bo'lishni va tez-tez oktagonga chiqishni xohlayman"
Boks bo'yicha joriy yilgi O'zbekiston chempionati qachon va qaerda o'tkazilishi elon qilindi