
Turinliklar forvardi Krishtianu Ronaldu professional faoliyatidagi 34-titulga ega chiqdi va eng ko'p sovrin qo'lga kiritgan futbolchilar top beshligiga kirdi. U ushbu natija bo'yicha Xavi va Vitor Baiya bilan tenglashdi.
Futbol tarixida eng ko'p titul yutgan futbolchilar ro'yxati:
1. Dani Alves – 41 ta
2. Andres Inesta, Lionel Messi, Maksvell – 37 tadan
3. Rayan Giggz, Aleksandr SHovkovskiy – 36 tadan
4. Kenni Dalglish, Jerar Pike – 35 tadan
5. Krishtianu Ronaldu, Xavi, Vitor Baiya – 34 tadan
Malumot o'rnida, Ronaldu 34 ta titulga “Sporting” (1 ta), MYU (10), “Real” (16), “Yuventus” (5) hamda Portugaliya TJdagi (2) faoliyati davomida ega chiqqan.

Asadbek Saidov keyingi jangini tojikistonlik Fazliddin Madrahimovga qarshi o'tkazishi mumkin (VIDEO)