SportUz.Net
photo photo

"Barselona" "Manchester Siti" etakchilaridan birini 50 mln evroga sotib olishi mumkin

25.04.2024 10:46    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" klubi rahbariyati Bernardu Silva bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan.

Portugaliyalik 29 yoshli futbolchining o'zi ham faoliyatini Kataloniyada davom ettirishga qarshi emas. Silva 2017 yilda "Monako"dan "Manchester Siti"ga ko'chib o'tgan. Uning jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallagan.

Silvaning transfer narxi taxminan 80 millionga baholanmoqda. Biroq futbolchining shartnomasida yozda 50 million evroga ketishi mumkinligi to'g'risidagi band bor.

Malumot uchun, Bernardu joriy mavsum barcha musobaqalarda 42 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 11 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: