SportUz.Net
photo photo

WBO Oriental kamari sohibi Olimjon Nazarov hamda Abdurasul Ismoilov tarozidan o'tishdi, bugun Koreyada jang + FOTOGALEREYA

05.05.2024 12:38    


Rasmni yuklab olish

Bugun Koreya Respublikasining Gohyong shahridagi "Paryeong Gymnasium" majmuasida navbatdagi professional boks kechasi tashkil etiladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, "Cocky Buffalo" promouterlik kompaniyasi tomonidan o'tkazilayotgan ushbu prof boks oqshomida ikki charm qo'lqop ustamiz Olimjon Nazarov va Abdurasul Ismoilov ham ringga ko'tariladi. Bokschilarimiz bugungi jang oldidan tarozidan muvaffaqiyatli o'tib olishdi. Ular belgilangan vazn meyorini bajarishdi.   

O'ta engil vazn toifasida WBO Oriental kamari sohibi bo'lib turgan Olimjon Nazarov (30-5-0)ga tailandlik Saravut Jiamtong (11-4-0) raqiblik qiladi. O'n ikki raundga mo'ljallangan jang o'ta engil vazn toifasida vakant bo'lib turgan WBO International kamari uchun kechadi. Bugungi jangdagi g'alaba orqali Olimjon o'z kamarlari sonini 2 taga etkazib olishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, 38 yoshli Olimjon Nazarov so'nggi jangini 13 yanvar kuni Vulan Tuolehaziga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.

Bugungi boks oqshomi doirasida engil vazn toifasidagi professional bokschimiz Abdurasul Ismoilov (11-2-0) ham ringga chiqadi. Hamyurtimizga filippinlik 26 yoshli Al Toyogon (14-9-2) raqiblik qiladi. Ushbu jang 8 raund etib belgilangan. Ismoilov so'nggi jangini 13 yanvar kuni Veyvey Lyuga qarshi o'tkazib, nokaut bilan g'alaba qozongan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: