SportUz.Net
photo photo

CHarlz Oliveyra Maxachev bilan revansh haqida gapirdi

23.01.2025 19:21    


Rasmni yuklab olish

UFC sobiq chempioni CHarlz Oliveyra Islam Maxachevga qarshi revansh jangi o'tkazishni xohlamoqda.

"Maxachevdan mag'lubiyat uchun revansh olish juda yaxshi bo'lardi. Doim meni mag'lub qilgan raqiblardan qasos olishga muvaffaq bo'lganman. Avval meni mag'lub etgan yigitni engib, chempion bo'lish – yanada yaxshi. CHempionning nomi bor – bu CHarlz Oliveyra", — dedi braziliyalik jangchi.

Eslatib o'tamiz, Oliveyra va Maxachev o'rtasidagi jang 2022 yil oktyabr oyida UFC 280 turniri doirasida Abu-Dabida bo'lib o'tgan. O'sha jangda Islam Maxachev bo'g'ish usuli orqali g'alaba qozongan va UFC engil vazn chempionligini qo'lga kiritgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: