"Men Peddi Pimblettni mag'lub qilishim kerak. U yosh va g'alabaga chanqoq yigit. Uning butun faoliyati oldinda, men esa undan 10 yil ko'proq vaqtdan beri shu ish bilan shug'ullanaman. Bu jang menga maqul. Autsayder bo'lamanmi yoki favorit, farqi yo'q – jang kuni g'alaba qozonish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman.
Pimblettga qarshi jang menga katta pul ishlash imkonini beradi. Bu oson jang bo'ladi deb ayta olmayman. CHunki har qanday vaziyatda men nokautga uchrashim mumkin. Biroq menga uslubiy jihatdan bu jang yoqadi.
Men Peddini inson sifatida hurmat qilaman. U yaxshi yigit. Biroq bu uni nokautga uchratishimga to'sqinlik qilmaydi", — dedi CHendler DAZN'ga bergan intervyusida.
Sonnen o'zbekistonlik sportchi qatnashadigan TUF 33 shousida kimlar murabbiy bo'lishini ochiqladi
Bogdan Guskov UFC'dagi bitta jangiga tayyorlanishi uchun qancha pul sarflashini aytdi