Superliganing 10-turi doirasida bo‘lib o‘tgan OKMK — «Neftchi» (2:2) bahsida mezbon jamoa futbolchilari maydonda qancha masofani bosib o‘tgani ma’lum bo‘ldi.
OKMK matbuot xizmati «STATSports» texnologiyasi orqali yozib olingan ma’lumotlarni taqdim etdi. Unga ko‘ra, Qosimov shogirdlarining naq 9 nafari 10 km.dan ko‘proq masofani bosib o‘tgan. Ikki futbolchi Xurshid G‘iyosov va Oybek Rustamov bosib o‘tgan masofa esa 13 km.dan oshib ketdi.
Kutilmagan xabar. UFC 320 turniri mezbonligi Meksikadan olib qo'yildi, yangi lokaciya malum!