SportUz.Net

La liganing aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniq bo‘ldi

24.04.2025 22:12    


Rasmni yuklab olish

«Barselona» yarim himoyachisi Pedri aprel oyida Ispaniya La Ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda musobaqaning rasmiy sayti xabar berdi.

Ovoz berishda ko‘k-anorranglilar xavbeki Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares, «Valensiya» darvozaboni Georgiy Mamardashvili, «Espanyol» yarim himoyachisi Xavyer Puado va «Malyorka» xavbeki Serxi Darderni ortda qoldirdi.

Pedri aprel oyida Ispaniya Primerasining to‘rtta o‘yinida maydonga tushdi va ularda samarali harakatlar bilan ajralib turmadi. 22 yoshli futbolchi 33-turda «Malyorka»ga qarshi o‘yindan (1:0) so‘ng uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Pedri joriy mavsumda birinchi marta La Ligada oyning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: