«Barselona» yarim himoyachisi Pedri Ispaniya La Ligasining 33-turidan o‘rin olgan «Malyorka» (1:0)ga qarshi bahsda mavsum-2024/2025dagi bir o‘yinda to‘pni eng ko‘p o‘z jamoasiga qaytarish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda "Squawka" xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Pedri «Malyorka»ga qarshi o‘yinda to‘pni jamoasiga 18 marta qaytargan va bu ko‘rsatkich joriy mavsumdagi eng yuqori natijaga aylangan. Futbolchi bu boradagi rekordini avvalgi turda «Selta»ga qarshi o‘yinda (4:3) qayd etgan edi — 17 marta to‘pni jamoasiga qaytargan.
Joriy mavsumda 22 yoshli ispaniyalik futbolchi barcha musobaqalarda 51 ta uchrashuvda qatnashib, 5 ta gol va 7 ta assist qayd etgan.