SportUz.Net
photo photo

A seriyaning dekabr oyidagi eng chiroyli goli aniqlandi (Video)

16.01.2025 23:48    


Rasmni yuklab olish

Italiya chempionatining elita divizioni matbuot xizmati dekabr oyining eng chiroyli golini e’lon qildi.  

Shotlandiyalik Che Adamsning "Empoli" darvozasiga urgan goli muxlislar tomonidan munosib ravishda tan olindi. Turnirning rasmiy X sahifasiga ko‘ra, ushbu tomoshabop gol 2024 yilning oxirgi oyi uchun eng yaxshi deb topilgan.  

Hujumchi 64-daqiqada, hisob teng bo‘lib turgan paytda maydonga tushdi. Oradan atigi olti daqiqa o‘tib, Adams jamoadoshlari uzatma qabul qildi va vaziyatni tez baholab, maydon markazdian darvozabonning ustidan to‘pni oshirgancha, chiroyli gol muallifi bo‘ldi.

Britaniyalik futbolchi "Torino"ga minimal hisobadig g‘alaba keltirdi. Ushbu goldan so‘ng Adams Seriya A doirasida 19 uchrashuv o‘tkazib, 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Hozirda "Torino" Italiya chempionati turnir jadvalida 22 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: