Tashkilotchilar tadbirlarni tomoshabinlar uchun shoularga aylantirish uchun pulni ayamayapti. Arenalar to'liq gavjum, janglarga bo'lgan qiziqish esa cheksiz. SHuning uchun, shayxlar ajoyib kardlarni tanlashlari ajablanarli emas. Yaqinda ommaviy axborot vositalarida Artur Beterbiev va Dmitriy Bivol o'rtasidagi revansh jangining fevral oyida bo'lib o'tishi haqidagi malumotlar tarqaldi. Ushbu jangchilar uchun jahonning mutlaq chempioni unvoni uchun ikkinchi jang hisoblanadi. Ammo turnirda ishtirokchilarning tarkibi faqat ular bilan cheklanmaydi. Ko'rinishidan, Saudiya Arabistoni nihoyat orzular kardini yig'ishni rejalashtirgan.
Potencial janglar tarkibi:
- Dmitriy Bivol — Artur Beterbiev
- Daniel Dyubua — Jozef Parker
- Jang CHjiley — Agit Kabayel
- Jaron Ennis — Verjil Ortis
- SHakur Stivenson — Floyd SHofild
- Xamza SHiraz — Karlos Adames.
Albatta, asosiy etibor Bivol va Beterbiev o'rtasidagi revanshga qaratiladi. Birinchi jang juda qizg'in o'tgandi va hakamlar qaroriga ko'ra, Artur g'alaba qozongandi. Bu esa ikkinchi jangda bir qator savollarni keltirib chiqardi. Rossiyalik jangchilar to'liq trilogiyaga chiqishlari mumkin. Bahsda jahonning mutlaq chempioniligi unvoni o'rtaga qo'yilgan. Bivol revanshga tayyor. U yoshroq va birinchi jangdagi xatoni tuzatishga qodir. Bundan tashqari, Dmitriy birinchi jangdagi hakamlar qaroridan qoniqmagan. SHuning uchun endi u jangni o'z foydasiga erta yakunlashga harakat qiladi.
Dastlabki malumotlarga ko'ra, bu kardda Daniel Dyubua va Jozef Parker ham jang qilishadi. Dyubua hech qanday tanishtiruvga muhtoj emas. Uning Aleksandr Usik bilan o'tgan jangi hozirgacha esda qoladi. Ko'plab ekspertlar hali ham Dyubua raqibini taslim etishiga ishonishmoqda. Dyubuaning so'nggi jangi yanada yodda qoladigan bo'ldi. Britaniyalik bokschi Entoni Joshuani ajoyib uslubda beshinchi raundda nokautga uchratdi. Endi uning qarshisida tajribali Jozef Parker turibdi. Ha, u engilmas emas, uning professional rekordi 35-3 tashkil etadi. Lekin Jozef juda kuchli zarbaga ega va raqibini nokautga uchratishi ehtimoli ham yo'q emas.
Keyingi kutilayotgan jang – Jang CHjiley va Agit Kabayel o'rtasidagi duel. CHjiley 41 yoshda bo'lishiga qaramay, hali ham ajablanrli formada. Uning hisobida faqat ikkita mag'lubiyat bor. So'nggi jangida esa u afsonaviy Deontey Uaylderni nokautga uchratdi. U xitoylik bokschi bilan faqat besh raund davomida jang qildi. Agit Kabael esa, yangi iqtidor. U o'zining 25-0 rekordini asta-sekin shakllantiri kelmoqda. Bundan tashqari, uning ishonchli g'alabalari ham etarlicha. Nemis bokschisi Arslanbek Maxmudov hamda Frenk Sanchesni nokaut bilan mag'lub etgan.
Jaron Ennis — Verjil Ortis to'qnashuvi ham kutilgan qarama-qarshiliklardan biri. Ennis Terens Krouford bilan jang qilishni orzu qilmoqda va yaqinda shu imkoniyatni qo'lga kiritishga umid qilmoqda. U hali ham mag'lubiyatsiz janglarni o'tkazmoqda. Ortis ham mag'lubiyatsiz, uning rekordi 22-0ni tashkil etadi. U raqibining tramplini bo'lishni istamaydi.
SHuningdek, turnirda SHakur Stivenson ishtirok etishi kutilmoqda, u dunyo boksining eng yirik amerikalik yulduzlaridan biri hisoblanadi. SHakur mag'lubiyatsiz jangchi va uning rekordid 22-0. Sportchining qarshisida esa 22 yoshli talant, Floyd SHofild qad rostlaydi. U juda yosh bo'lsa ham 18 ta g'alabaga erishgan hamda ulardan 12 tasini nokaut bilan yakunlagan. SHuning uchun bu jang juda qiziqarli bo'lishi kutilmoqda.
Va turnirni Xamza SHiraz va Karlos Adames o'rtasidagi jang yakunlashi kerak. Britaniyalik bokschi tez yuksalib, vaznning yuqori yuqori o'rinlariga chiqishga intilmoqda. Ammo uning oldida WBC versiyasi bo'yicha o'rta vazn toifasidagi jahon chempioniligi unvoni bor. Agar Saudiya Arabistoni haqiqatan ham ushbu kardni tashkil etsa, biz bir necha yillik eng yaxshi voqeani ko'rishimiz mumkin. Kardda juda ko'p mashhur nomlar, yuqori darajadagi jangchilar va katta intriga bo'ladi. Va bu barcha voqealarning kulminaciyasi Beterbiev va Bivol o'rtasidagi revansh jangiga aylanadi. Bunday turnir tomoshabinlarning qiziqishi bo'yicha barcha rekordlarni yangilashi mumkin.
Habib Jo'raboev tarjimasi