Bugun ushbu musobaqaning guruh bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Unga ko'ra O'zbekiston Eron va Qirg'iziston bilan birga "A" guruhidan joy oldi. Sergey CHigodaev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi musobaqani ertaga Qirg'izistonga qarshi bahs bilan boshlaydi. 28 may kuni Eronga qarshi bahs o'tkaziladi.
Musobaqaning final uchrashuvi 31 may kuniga belgilangan. Eslatib o'tamiz, CAFA U17 Championship 2025 turnirining barcha o'yinlari Toshkent viloyatidagi "Do'stlik" stadionida bo'lib o'tadi.
Kutilmagan xabar. UFC 320 turniri mezbonligi Meksikadan olib qo'yildi, yangi lokaciya malum!