SportUz.Net

Rud van Nistelroy "Lester"ni tark etadi

23.05.2025 13:36    


Rasmni yuklab olish

"Lester" bosh murabbiyi Rud van Nistelroy joriy mavsum yakunlanganidan so'ng darhol jamoadan ketadi.

Bu haqda britaniyalik jurnalist Rob Dorsett xabar berdi.

"Rud van Nistelroy so'nggi turdan so'ng "Lester"ni tark etishi kutilmoqda. Biroq klub hali uning o'rniga nomzod bo'yicha bir qarorga kelmagan. Diqqat markazida Rassell Martin va Denni Rel bor, ammo rahbariyat van Nistelroy bilan uning ketishi bo'yicha rasmiy kelishuvga erishmaguncha faol muzokaralar olib bormaydi”, – dedi Dorset.

"Lester" joriy mavsum yakunida APLni tark etadi. CHempionat tugashiga bir tur qolganida jamoa turnir jadvalida 18-o'rinda bormoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: