SportUz.Net
photo photo

Timur Kapadze: "Birgalikda kuchli bo'lib kerakli natijani qo'lga kiritamiz, boshqa yo'limiz yo'q"

23.01.2025 14:36    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze bugundan ishga kirishdi. Mutaxassis O'FA matbuot xizmatiga qisqacha intervyu berdi.

"Birinchi o'rinda Srechko Katanecga sog'lik tilayman. Sog'lik doim birinchi o'rinda turadi. Kecha rahbariyat tomonidan meni nomzodim tasdiqlandi. Terma jamoa begona emas. Bu libosda ko'p yillar maydonda to'p tepganman, murabbiy, yordamchi murabbiy bo'lganman. Men uchun terma jamoa har doim ustun turadi. Biz askarmiz. Oldimizdagi vazifani bajarishimiz kerak. 

Murabbiylar shtabi, futbolchilar bilan gaplashdik. Mart oyida FIFA kunlaridagi 2 ta muhim uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz, chunki oz muddat qoldi. Eng asosiysi hamma sog' bo'lsin, yaxshi formada kelsin. Oldimizda hal qiluvchi o'yinlar kutib turibdi. Albatta, bosim, qiyin payt. O'ylaymanki, hammasi joyida bo'ladi. Birgalikda kuchli bo'lib kerakli natijani qo'lga kiritamiz, boshqa yo'limiz yo'q. Futbolchilarning mahorati, kuchi etadi. Muxlislarning duolari, qo'llab-quvvatlashi ham kerak. Bu narsaga faqat birgalikda erishishimiz mumkin",- deydi Timur Kapadze.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: