"Konor haqida hammaning o'z fikrlari bor. Biroq bu inson MMAning haqiqiy afsonasi. Men uni hozirgi davrni emas, balki barcha davrlarning eng zo'r jangchisi deb hisoblayman. U Dastinni mag'lub etishini va men unga qarshi chempionlik jangida ishtirok etishni istagan bo'lardim. Bu to'qnashuv noyabr yoki dekabr oyida bo'lsa, yaxshi bo'lardi. Qachonlardir unga qarshi jang qilishni istayman. Ko'ramiz, Oliveyrani mag'lub etganimdan so'ng nimalar sodir bo'ladi",-deb fikr bildirgan CHendler.