SportUz.Net
photo photo

SHohjahon Ergashevning AQSHdagi jangi beshinchi raundda to'xtatildi

11.08.2022 09:00    


Rasmni yuklab olish

Biroz avval AQSHning Texas shtati Detroyt shahridagi "Garden Theater"da navbatdagi professional boks oqshomi yakuniga etdi.

Etiborlisi, kechaning markaziy jangida hamyurtimiz SHohjahon Ergashev meksikalik Anxel Martines Ernandesga qarshi ringga ko'tarildi. Super engil vazn toifasidagi 10 raundda mo'ljallangan jang 5-raundda referi tomonidan to'xtatildi. 

Ergashevning kuchli zarbalaridan so'ng meksikalik bokschi bir necha bor nokdaun holatiga tushib qoldi va buning natijasida referi jangni to'xtatdi. SHohjahon texnik nokaut evaziga zafar quchdi va g'alabali seriyani 23 ta jangga etkazib oldi. Bugun u 20-nokautli g'alabasini o'z hisobiga yozib qo'ydi. Ernandes esa bugun faoliyatidagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobida 14 ta g'alaba va 1 ta durang bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: