SportUz.Net
photo photo

"O'zbekistonga xush kelibsiz!". Murodjon Ahmadaliev Umar Nurmagomedov bilan + FOTO

30.07.2022 14:00    


Rasmni yuklab olish

Kuni kecha dog'istonlik UFC jangchisi Umar Nurmagomedovning yurtimizga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Tashrif davomida Nurmagomedov poytaxtimizdagi BEFITPRO mashg'ulotlar zaliga borib, bir qator mashhur sportchilarimiz bilan birgalikda mashg'ulot o'tkazgan. Kuni kecha professional bokschimiz, WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga Umar bilan tushgan suratini joyladi hamda uni: "O'zbekistonga xush kelibsiz. Siz bilan ko'rishganimizdan juda hursandmiz. Kelajakda yorqin g'alabalar va katta marralarni zabt etishingizni tilab qolaman", - deya izohlagan.

Eslatib o'tamiz, bokschimiz Murodjon Ahmadaliev so'nggi bor 26 iyun kuni Ronni Riosga qarshi himoya jangini o'tkazgan edi. Umar Nurmagomedov esa so'nggi jangini 26 iyun kuni Neyt Manessga qarshi o'tkazgan edi.

Avvalroq, Nurmagomedov Dana Uayt va Ali Abdel-Azizga murojaat qilib, UFC 280'da jang qilishga tayyorligini bildirgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: