AQSHning Kaliforniya shtati Indio shahrida o'tkaziladigan professional boks kechasi Golden Boy promouterlik kompaniyasi hamda DAZN striming tizimi hamkorligida tashkil etilyapti. Ushbu boks oqshomining hozircha markaziy jangi sifatida aynan hamyurtimiz ishtirokidagi to'qnashuv ko'rsatilmoqda.
Lekin Elnur Abduraimovning raqibi rasmiy malumotlarda ko'rsatilmagan. Jang vakant, yani egasiz bo'lib turgan IBF North American kamari uchun kechadi. Bu haqda Abduraimovning o'zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
"Bu mening ilk kamar uchun kechadigan jangim bo'ladi. Faqat g'alaba uchun ringga ko'tarilaman. Ushbu jang uchun yaxshigina tayyorgarlik ko'rdim. Muxlislarga yoqadigan jang ko'rsatish uchun astoydil harakat qilaman", - dedi Abduraimov.
Malumot uchun, Elnur Abduraimov prof ringda 9 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Sakkizta jangda raqiblarini muddatidan avval taslim etgan. So'nggi jangini 8 may kuni Las-Vegas shahridagi mashhur "T-Mobile Arena"da kubalik Manuel Korreaga qarshi o'tkazib, raqibini 8 raundga mo'ljallangan jangning 2-raundida nokaut evaziga mag'lub etgan edi.
Topuriya engil vaznga o'tish haqida: "Bu aynan men istaydigan narsa. Ammo UFC xohlasa..."