Biroq, janglarni kim sharhlashi malum qilinmadi. Boks muxlislari orasida turli taxminlar va muhokamalarga sabab bo'lgan mavzuga oydinlik kiritamiz. SportUz.Net saytiga malum bo'lishicha, oqshomni barchamiz sog'ingan ovoz sohibi, "ana, xolos", "omad sizu, bizni aslo tark etmasin" iboralari muallifi Mirzahakim To'xtamirzaev sharhlaydi. Bizdagi malumotlarga qaraganda, To'xtamirzaevga sharhda bloger-jurnalist Jalol Ahmedov yordam beradi.
Eslatib o'tamiz, Mirzahakim To'xtamirzaev Afina-2004 Olimpiya o'yinlari dasturidagi boks janglarini sharhlagan.