SportUz.Net

Islam Maxachev Maykl CHendlerning "vyzov"iga "otvet" qildi

08.07.2022 12:20    


Rasmni yuklab olish

UFC engil vazn toifasi reytingida 4-o'rinni egallab turgan Islam Maxachevning chorloviga javob qaytardi.

Dog'istonlik aralash yakkakurash ustasi CHendlerning taklifini bitta shart bilan qabul qiladi. O'rtaga vakant chempionlik kamari qo'yilishi shart.

"Oson pullar. Maqsadim – chempionlik kamari! Bu yo'lda raqibning kim bo'lishi muhim emas. Maykl, kel bu ishni amalga oshiramiz!", - dedi Maxachev. 

Bir muddat avval sobiq Bellator chempioni bo'lgan CHendler Islam bilan vakant kamar uchun jang uchun Konorga qarshi o'tkazilishi rejalashtirilayotgan pullik jangdan voz kechishga tayyor ekanini bildirgan edi. 

Gap-so'zlarga qaraganda, Maxachev - Oliveyra jangi 22 oktyabr kuni Abu-Dabidagi UFC 281 turniri doirasida bo'lib o'tadi. Ayni paytda UFC rahbarlari ushbu jang ustida ish olib borishyapti. Oliveyraning o'zi jangni Braziliya yoki AQSHda o'tkazilish tarafdori bo'lmoqda. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: