"Har bir bokschining orzusi - professional ringda jang qilish. Avvaliga, ukrainalik bokschiga qarshi ringga chiqishim kerak edi, biroq u jang qilishga rozi bo'lmagan. Tanzaniyalik raqibim kechroq aniq bo'ldi. Avval ham aytganman, menga raqib kimligi muhim emas. CHunki men ringda o'z taktikamni ko'rsataman. Bu jangdan so'ng "Mir Boksa" bilan shartnoma qilaman, kechani kuzatish uchun Andrey Ryabinskiy ham tashrif buyurgan, uning ustiga o'z ota-onam, yaqinlarim, muxlislarim qarshisida ringga chiqaman. Bularning barchasi ikki baravar masuliyat yuklaydi. Rossiya va Qozog'istonning birinchi raqamli bokschilari bilan sparringlar o'tkazib, o'zimizga etarli darajada tajriba to'pladik. InshaAlloh, hammasini ringda ko'rsatamiz. Oldimda turgan birinchi maqsad shu jangni chiroyli g'alaba bilan yakunlash.
Jang qilish uslubim prof boksga mos keladimi? To'g'risini aytsam, men hech qachon uslubim mos keladimi, yo'qmi deb o'ylamaganman. CHunki qolgan hamma bokschilar: chempionlar ham, biz kabi odam. Ortiq joyi ham, kam joyi ham yo'q. Ular qilgan ishni biz nega qila olmaymiz? Kerak bo'lsa, chempionlardan ham zo'r bo'la olamiz. Olimpiadada ishtirok etish niyatim hali ham bor. CHunki men yoshman, keyingi Olimpiya o'yinlarida ayni kuchga to'lgan yoshda bo'laman. 3 aprelda avvalo, chiroyli jang ko'rsatmoqchiman, nokaut qilishga harakat qilaman. Jang uchun 7-8 kg vazn tashladim. Meni ringga Abduvohid Jalolov, To'lqin Qilichev, Rahmatjon Ro'zioxunov olib chiqadi”, - dedi jurnalistlar savollariga javob berar ekan.
Sarvinoz RAXMONQULOVA yozib oldi.
"Men Top-5`da Dvalishvili bilan jang qilmagan yagonaman" - Sendxagen kamar uchun jang qilmoqchi
Ankalaev Proxazka bilan jang qilmaydi, Pereyra bilan revansh bo'yicha muzokara ketmoqda