SportUz.Net
photo photo

Hasanboy Do'smatovning jangi kamar uchun bo'ladi

31.03.2021 21:00    


Rasmni yuklab olish

3 aprel kungi boks oqshomi qahramonlaridan biri bo'lishi kutilayotgan Hasanboy Do'smatov kamar uchun ringga ko'tariladi.

Hasanboy prof boksdagi uchinchi jangini tanzaniyalik Muhsin Kizotaga qarshi o'tkazadi. Kizota faoliyati davomida 13 ta jangda ishtirok etgan bo'lib, 11 g'alaba, 2 mag'lubiyat qayd etgan.

Ahamiyatlisi, mazkur to'qnashuv vakant qolgan WBA International kamari uchun kechadi. Jang davomiyligi 10 raund qilib belgilangan. Avvalroq, Hasanboy Do'smatov Toshkentdagi jang oqshomida venesuelalik Aleksis Dias bilan jang qilishi haqida xabar qilgandik. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: