SportUz.Net
iks
ads

Czyu ishtirokidagi jang beshinchi raundda yakunlandi

31.03.2021 18:00    


Rasmni yuklab olish

Avstraliyaning Nyukasl shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.

Newcastle Entertainment Centre arenasida o'tgan Steel City Showdown oqshomining markaziy jangi avstraliyalik Tim Czyu hamda irlandiyalik Dennis Xogan o'rtasida o'tkazildi. Tim birinchi yarim o'rta vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Konstantin Czyuning o'g'li bo'lib, chempionlarga haqiqiy boshog'rig'i bo'lishi kutilmoqda. 

Jang muddatidan avval yakunlandi. Kichik Czyu beshinchi raundda raqibini texnik nokautga uchratdi. Xoganning jamoasi ring markaziga mag'lubiyatni tan oluvchi oq sochiq uloqtirishdi. Bu bilan Czyu o'ziga tegishli bo'lgan birinchi o'rta vazndagi WBO Global kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi. Timofey bugungi g'alabasi evaziga WBO kamari uchun rasmiy davogarga aylandi. Hozirda bu kamar Brayan Kastanoga tegishli. 

Malumot uchun, kichik Czyu IBF yo'nalishi bo'yicha Avstraliya va Osiyo chempioni ham bo'lib turibdi. 26 yoshli bokschi 18 ta jangning barchasida g'alaba qozongan. Hisobida 14 ta nokaut bor. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: