SportUz.Net
photo photo

Entoni Joshua uni haqorat qilgan talabalarga jag'ini sindirish bilan tahdid qildi

27.05.2022 09:20    


Rasmni yuklab olish

Britaniyalik bokschi Entoni Joshua uni haqorat qilgan Lafboro universiteti talabalariga keskin munosabat bildirdi.

"Nima deyayotganingizni unutmang — odamlarni olib kelib shisha jag'laringizni sindira boshlasam, hech biringizga yoqmaydi. Jag'laringiz sinishni boshlasa, odamlarim bu universitetdan haydab yuborsa, hech qaysingizga yoqmaydi. Tilingga ehtiyot bo'l, chunki bazida kim bilan gaplashayotganingni bilmay qolasan. Bu ommaviy bemanilik — men unda ishtirok etmayman", - dedi Joshua.

The Sun xabariga ko'ra, bokschi talabalar yotoqxonasi yonidan o'tib ketayotganida, bir guruh mast talabalar tomonidan so'kish eshitgan. Talabalar Entonini Tayson Fyuri bilan jang qilishdan qo'rqishini aytishgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: