
"Miochich - Ngannu jangini tomosha qildim. Haqiqatdan ham, Ngannu ushbu jangda juda kuchli ko'rindi.
Menimcha bu uning faoliyatidagi eng zo'r jangi. U jangchi intellektini va taktikasini namoyish eta oldi. Ikkinchi raqam bo'lib ishladi, Miochichni xatolarini poylab, kutib oldi. Yaxshi himoyalandi.
Men u bilan jang qilishga tayyorman. Aynan shuning uchun ham bu erdaman. Agar Ngannu hozircha band bo'lsa, Stipe esa faoliyatini davom ettiradigan bo'lsa, u bilan jangga tayyorman. Kamar sari ketmoqdamiz. G'alaba qozonamiz", - dedi Volkov.
"Yirtqichlarcha his paydo bo'ldi". Abdumalik Xalokovni tishlab olgan SHumkov final haqida gapirdi