UFC 260 oqshomining markaziy jangida og'ir vazn chempioni Stipe Miochich davogar Frensis Ngannuga qarshi oktagonga ko'tariladi. Bugun turnir ishtirokchilari tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi.
Unga ko'ra, Ngannu chempiondan 13 kg og'irroq tosh bosdi. Kamerunlik jangchi - 119,2 kg, Miochich esa 106,1 kg natija qayd etdi. Anderkard jangda Tayron Vudli Visente Luke bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. Vudli raqibidan birozgina og'irroq chiqdi.
UFC 260. Tarozi natijalari
Asosiy kard:
Stipe Miochich (234 funt) — Frensis Ngannu (263 funt)
Tayron Vudli (171) — Visente Luke (170,5)
SHon O'Meylli (136) — Tomas Almeyda (136)
Jillian Robertson (125,5) — Miranda Maverik (126)
Jeymi Mellarki (155,5) — Xama Uorti (155,5).