SportUz.Net
photo photo

Isroil Madrimov O'zbekistondagi jang oqshomi haqida fikrlarini bildirdi

26.03.2021 07:40    


Rasmni yuklab olish

Barchamiz intizorlik bilan kutayotgan "Humo Arena"dagi boks oqshomiga sanoqli kunlar qolmoqda.

Ushbu kechada ringga ko'tariladigan bokschilarimizdan biri Isroil Madrimovning raqibi ham aniq bo'lib ulgurgan. Unga ko'ra, hamyurtimiz mazkur oqshomda kongolik Emmani Kalombo (14-0, 14 KO)ga qarshi ringga chiqadi. Madrimov bo'lajak jang va raqib haqida fikr bildirdi.

"Uzoq kutilgan boks oqshomi... Hamma boskchilar o'z yurtida, muxlislari qarshisida jang qilishni orzu qiladi. DAZN platformasi O'zbekistonga birinchi marta yo'l olmoqda. Bu juda quvonarli holat, bundan juda ham xursandmiz. In SHaa Alloh, hammamiz yaxshi jang o'tkazishga intilamiz. Mashg'ulotlarimiz alo darajada o'tmoqda, ikki-uch kunlik tayyorgarlik qoldi. Nasib bo'lsa, 28-29 mart kunlarida Toshkentga qaytamiz. Raqibim - Emmani Kalombonining jang qilish uslubini o'rgandik. Mashg'ulotlarda asosan texnik hamda jismoniy tayyorgarlikka ko'proq urg'u berdik. CHunki jangim 10 raundga mo'ljallangan. Endi hammasini ringda ko'rsatishga harakat qilamiz. 

Bunday professional boks kechasi O'zbekistonda ilk bor o'tkazilmoqda. Yaqinlarimiz, muxlislarimiz qo'llab-quvvatlab turishadi. SHunday ekan, albatta bizda hayajon bo'ladi. O'zimizni qo'lga olib, xotirjamlik bilan jang qilishga harakat qilamiz", - dedi Madrimov muxbirimiz bilan suhbatda. 

SARVINOZ RAXMONQULOVA suhbatlashdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: