Amerikalik afsonaviy bokschi Mayk Tayson Ukrainaning Rossiya Federaciyasiga qarshi urushida Vitaliy va Vladimir Klichkolarning ishtirokiga munosabat bildirdi. U ukrainaliklarni qo'llab-quvvatladi.
"Men aka-uka Klichkolarni bilaman. Biz bir-birimizni juda yaxshi taniymiz. Lekin oxirgi paytlarda ular bilan aloqada bo'lmadim. Tarixidan malumki, ukrainlar irodali xalq. Ular rus xalqi bilan azal-azaldan shunday bo'lishgan. Kim bilan jang qilishgan? Ruslar bilan. Bu urush foydani ko'zlab uyushtirilgan. CHunki Rossiya Ukrainaga homiylik qilgan. Hozirda ko'p odamlar qatnashayogani uchun bu insoniyat urushiga aylanmoqda", - dedi Tayson Fox Business bilan suhbatda.
SHuningdek, Mayk Tayson Vladimir Klichko bilan ehtimolliy xayriya jangi haqida ham gapirdi.
"Menimcha, bizga xayriya jangidan ko'ra ko'proq narsa kerak. Biz buni juda jiddiy qabul qilishimiz lozim. Hozir ular eng muhim ishni qilishyapti. Bundan ortiq xayriya qila olmaymiz", - deya qo'shimcha qildi Tayson.
Murodjon Ahmadaliev Inoue bilan jangni tashkil qilib berishda Turki al ash-SHeyxga umid bildirmoqda
Bahodir Jalolov Rio-2016'da mag'lub bo'lgan raqibi bilan revansh o'tkazish niyatida