
"Bu o'zbek boksi va "Matchroom" uchun ajoyib damlar, biz global kengayishni davom ettirmoqdamiz. Ko'p yillar davomida O'zbekiston bokschilari havaskor boksda o'z kuchlarini namoyish etishmoqda. Endilikda ular professional boksda ham o'zlarini ko'rsatishmoqda. Ular o'z mamlakatlarida superyulduzga aylanishgan va o'z muxlislari oldida jang qilish imkoniga ega bo'lishmoqda", - dedi Eddi Xirn.