SportUz.Net
photo photo

MMA bo‘yicha jahon chempionatida 4 nafar vakilimiz yarim finalga yo‘l oldi

26.01.2022 20:43    


Rasmni yuklab olish

Abu-Dabida jahon chempionati davom etmoqda.

BAAning Abu-Dabi shahrida MMA bo‘yicha havaskorlar o‘rtasida 18-20 yoshlilar hamda kattalar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. 

Quvonarlisi, mazkur jahon chempionatida 4 nafar vakilimiz yarim final bosqichiga yo‘l oldi. 18-20 yosh toifasida ishtirok etayotgan, -77.1 kg vaznda Munis Mo‘minjonov, -93 kg Musin Mo‘minjonov, -120 kgda Asror Anvarjonov hamda kattalar o‘rtasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan, Ixtiyor Xolmurodov o‘tkazilgan janglarda muvaffaqiyatni davom ettirgan holda, chempionlik yo‘lidagi yurishini davom ettirmoqda.

Oldinda ularni muhim janglar kutib turibdi. Mazkur bahslarda ham yurtdoshlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: