SportUz.Net
photo photo

Gruziyalik UFC jangchisining doping qabul qilgani malum bo'ldi

21.01.2022 12:00    


Rasmni yuklab olish

Nevada shtati sport komissiyasi xabariga ko'ra, gruziyalik UFC jangchisi Zviad Lazishvilida doping aniqlangan.

Gruziyalik jangchi doping testdan o'ta olmadi. 30 yoshli Lazishvilining 23 oktyabr kuni Jonatan Martines bilan bo'lgan jangi oldidan olingan doping tahlilida taqiqlangan klomifen moddasi aniqlandi. Natijada gruziyalik jangchiga texnik mag'lubiyat yozildi.

Lazishviliga esa bu qimmatga tushdi. Gruziyalik  to'qqiz oy diskvalifikaciya hamda 12-18 ming dollar atrofida jarimaga tortildi. U 24 iyuldan boshlab yana jang qila olishi mumkin. 

Eslatib o'tamiz, Lazishvili Martinesga qarshi texnik mag'lubiyatiga qadar 13 ta g'alabali seriya qayd etgan edi. Bu uning professional faoliyatidagi ilk mag'lubiyati bo'ldi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: