SportUz.Net
photo photo

"ATF Championship 7" turniri Toshkentda tashkil etiladi

21.01.2022 10:00    


Rasmni yuklab olish

Bir-biridan qiziqarli janglarga guvoh bo‘lamiz.

Joriy yilning 13 fevral kuni Toshkent shahrida qad rostlagan "Universal" sport majmuasida katta MMA hamda professional kikboksing kechasi tashkil etiladi. Ya’ni, O‘zbekiston yakkakurash olamining yorqin vakili, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Muzaffar Radjabov asos solgan ATF Championship promoushenining navbatdagi turniri tashkil etiladi. 

Bugunga qadar ushbu promoushenning 6 ta turniri turli viloyatlarda o‘tkazildi. 13 fevral kuni esa, "ATF Championship 7" turniri bo‘lib o‘tadi. Mazkur kechada yurtimizning ko‘zga ko‘ringan vakillari Nodir Ahatjonov, Bobur Abdulazizov, Olim Normurodov, Javohir Tojiboev, Temur Xolmatov, Mirvayz Mo‘minov va bir qator yosh tste’dod egalari bilan bir qatorda xorijdan yuqori saviyadagi sportchilar o‘z janglarini o‘tkazadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: