SportUz.Net
photo photo

Fransis Ngannuning sobiq murabbiyi jangchi bilan bo'layotgan nizolarga chek qo'ydi

21.01.2022 09:00    


Rasmni yuklab olish

Murabbiy hozirda Siril Gan bilan hamkorlik qilyapti.

UFC jangchisi Siril Ganning ayni damdagi murabbiyi Fernand Lopes o'zining sobiq shogirdi Fransis Ngannu bilan ortiq bahsga bora olmasligini bildirdi.

"Men ikki farzandning otasiman. Mendan esa qaysi bir farzanding yaxshi deb so'rayapsiz. Bu savolga javob berish qiyin. Sababi birini maqtasam, boshqasi bundan ranjiydi. Men esa boshqacharoq gapirmoqchiman. Siril ham, Ngannu ham ajoyib sportchilar, ular hozir eng yuqori cho'qqida turishibdi. Men ularni solishtirmoqchi emasman. Bu hikoyadan to'g'risi charchadim.

Men istalgan vaqt Ngannu bilan qo'l berib ko'rishishga va suhbatlashib olishga tayyorman. To'g'ri, biz endi hech qachon birga ishlay olmaymiz. Ammo uchrashib, ikki og'iz suhbatlashimiz mumkin deb o'ylayman. Bu shunchaki sport, undan ortiq narsa emas. Men Ngannu bilan do'st bo'lmasligim mumkin, biroq biz o'zaro hurmatni saqlashimiz lozim", - deydi Fernand Lopes.

Eslatib o'tamiz, Toshkent vaqti bilan 22 yanvardan 23 yanvarga o'tar kechasi Anaxaym (Kaliforniya, AQSH) shahridagi "Honda Center" arenasida UFC 270 turniri bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: