SportUz.Net
photo photo

Aljemeyn Sterling Petr Yanga qamoq jazosi bilan tahdid qildi

21.01.2022 07:40    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aljemeyn Sterling Petr Yanning doping istemol qilayotganiga ishonchi komil.

U aralash yakkakurashlarda taqiqlangan moddalarni qo'llashni qamoqqa yuboriladigan jinoiy javobgarliklar bilan tenglashtirish kerak, deb hisoblaydi.

"Bizning jangimiz nomalum sabablarga ko'ra ikki marta qoldirildi, 2020 yilda va hozir, ikkisida ham Yanning tashabbusi bilan", — dedi Sterling "CHas MMA" dasturining navbatdagi sonida. “Ishonchim komilki, uning sevimli steroidlaridan xalos bo'lishga vaqti bo'lmagan. Menda boshqa tushuntirish yo'q va bu meni tashvishga solmoqda, meni juda xavotirdaman. 

Agar sen aralash jang sanatlarida steroidlardan yoki istalgan boshqa turdagi dopingdan foydalansang, sen qamoqqa yuborilishing kerak. Bu sport turida sen raqibingning faoliyatiga va kelajagiga qattiq tasir qilishing mumkin. Bu basketbol emas, biz to'pni savatga tushirmaymiz. Biz oktagonga chiqamiz, biz raqibimiz hayotini butunlay o'zgartirib yuborishimiz mumkin".

Eslatib o'tamiz, og'ir vazn toifasida Aljemeyn Sterling va Petr Yan o'rtasidagi birlashtiruvchi chempionlik jangi 9 aprel sanasida UFC 273 turniri doirasida, Bruklinda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: