
Bungacha viza bilan bog'liq muammo sabab o'z jangini o'tkaza olmagan bokschimiz bugun Puerto-Riko vakili Xaver Flores bilan to'qnash keldi.
10 raundga mo'ljallangan jang 8-raundda nihoyasiga etdi. Hamyurtimiz bahs davomida ustunlikka erishdi. Sakkizinchi raundga kelib u raqibga bosimni yanada kuchaytirdi va bokschimizning ketma-ket bergan zarbalaridan so'ng, hakamlar bahsni to'xtatishdi.
Bu orqali Qudratillo prof faoliyatidagi 18-jangida 18-g'alabasini qo'lga kiritdi (10 ta nokaut).
www.olamsport.com sayti erishilgan g'alaba bilan bokschimizni muborakbod etadi va navbatdagi janglarda bokschimizga chempionlik uchun jang qilib, kamarni O'zbekistonga olib kelishini tilaydi.
Bahodir Jalolov va Murodjon Ahmadaliev mashg'ulotlarni birgalikda davom ettiryapti (VIDEO)
Jeyk Pol - Entoni Joshua bilan jang haqida: "Men ikkita raundda g'alaba qozongandim"
2026 yilda jahon chempioni bo'lishni niyat qilgan Xurshidbek Rasuljonov bilan intervyu