SportUz.Net
photo photo

Rafael Fiziev g'alabasidan so'ng fikr bildirdi

06.12.2021 17:40    


Rasmni yuklab olish

Engil vaznli UFC jangchisi Rafael Fiziev kuni kecha qozongan g'alabasidan so'ng birinchi bor chiqish qildi.

"O'zimni juda ajoyib sezyapman. Bu quvonch yoki g'am tuyg'usimi, bilmadim. Do'sting ustidan g'alaba qozonsang, bu unchalik ham quvonchli emas.
Men Bred Riddell qiyin jang taklif qilishini bilgandim. Bred har qanday holatda ham menga etarlicha zarar etkazishi aniq edi. Nokaut masalasiga kelsak, men hech qachon nokaut ovlashga, jangdan oldin nokautni tasavvur qilishga harakat qilmayman. Lekin, birinchi raundda raqibim oktagon chetiga yaqinlashib, o'ngga harakat qilganda qo'lini tushirayotganini sezdim. Kerakli vaziyat kelishini deyarli uch raund kutdim. Bu sharoitda bekfist berish ajoyib bo'lgan bo'lardi. Ammo, oyoq bilan aylanib zarba berish nasib qilgan ekan. Endi 17 soat ichida Tailandga uchib borishim kerak. Men o'rganishni davom ettirish uchun u erga qaytib bormoqchiman. Meni qo'llab-quvvatlab turganingiz uchun rahmat!", -deb yozadi Rafael Fiziev.

Posmotret etu publikaciyu v Instagram

Publikaciya ot FightTime.ru (@fighttimeru)





Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: