Unda viloyat hokimi Botir Zaripov va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.
"Barchamiz Jahon chempionatini katta hayajon va qiziqish bilan kuzatib bordik. SHuni alohida mamnuniyat bilan aytib o'tmoqchimanki, bu chempionatda ishtirok etishning o'zi bir sharaf. Nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasining asosiy qismi Buxoro viloyatidan ekanligini barchamizni quvontirdi. SHunday ekan, chempionat bellashuvlarida ishtirok etgan barcha sportchilarimizga va ularning ustoz, murabbiylariga alohida minnatdorchilik bildiraman", – dedi viloyat hokimi Botir Zaripov uchrashuvda.
Takidlash lozimki, joriy yilning 5 oktyabr kuni viloyat hokimi buxorolik jahon chempionati ishtirokchilariga oq yo'l tilarkan, chempionat g'olib va sovrindorlari hamda murabbiylar munosib rag'batlantirilishi aytib o'tilgan edi. SHunga ko'ra, Abdumalik Xalakov va uning murabbiyi Davron G'afurovga pul mukofotlari tantanali tarzda topshirildi. SHuningdek, ularga zarbof to'nlar kiydirilib, yuksak ehtirom ko'rsatildi.
Bokschi va uning murabbiyi ko'rsatilayotgan etibor va g'amxo'rlik uchun o'z minnatdorliklarini izhor qilishdi.
"Jahon chempionatida bunday yuqori natijalarga erishishimda albatta murabbiylarimning hissalari katta. Ayniqsa, bizga ishonch bildirib, shunday sharoitlarni yaratib bergan davlatimiz rahbari hamda hukumatimizga cheksiz minnatdorlik bildiraman. Kelgusida bundan ham yirik musobaqalarda munosib ishtirok etib, yurtimiz bayrog'ini yanada yuqori ko'tarishga so'z beraman", - dedi Abdumalik Xalakov.