
Assalomu alaykum, aziz UFC ixlosmandlari! Bugun barchamiz sabrsizlik bilan kutgan "UFC 267" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Birozdan so‘ng, kechaning asosiy kard janglari start oladi. Ushbu to‘qnashuvlarni siz bilan Jaloliddin Qobiljonov matnli translyatsiya tarzida kuzatib boradi.
1:52. Kechaning asosiy jangi boshlanish arafasida. Yarimog‘ir vaznda chempion Blaxovich da’vogar Glover Teysheraga qarshi oktagonga ko‘tarilmoqda.
1:45. Fantastika! To‘liq davom etgan jangda Piter Yan hakamlarning qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.
1:03. Engil vaznda vaqtinchalik kamar uchun kechadigan Yan va Sandxagen o‘rtasidagi jang boshlanish arafasida. Sportchilar birin-ketin chiqib kelmoqda.
00:45. Maxachev birinchi raunddayoq Xukerni mag‘lub etdi. Maxachev raund boshida Denni parterga olib tushdi va kimura usuli bilan g‘alaba qozondi. Shu tariqa, Islom g‘alabali seriyasini 9taga etkazib oldi.
00:38. Uzoq kutilgan Maxachev va Xuker o‘rtasidagi jang boshlanish arafasida. Ikki sportchi ham oktagonga ko‘tarilmoqda.
00:30. Zerikarli tarzda kechgan jang nihoyat yakunlandi. Hakamlar qaroriga ko‘ra, Aleksandr Volkov Tiburani mag‘lub etdi.
00:09. Aleksandr Volkov va Martin Tibura o‘rtasidagi jang boshlanish arafasida. Sportchilar oktagonga chiqib kelishdi.
11:52. VUUUUUH! Chimaev birinchi raund boshida raqibini parterga olib tushdi va raund so‘nggida Lini bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etdi.
11:35. "Main Card"ni Ankalaev va Ozdemir jangi ochib berdi. Mazkur to‘qnashuvda rossiyalik sportchi g‘alaba qozondi. Shu tariqa, Magomed g‘alabali seriyani 7taga etkazib oldi.
22:58. Prelium kardning so‘nggi jangida ayollar oktagonga ko‘tarildi. Braziliyalik Jandiro to‘liq etgan jangda hamyurti Ribasbaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
22:31. Asosiy kardga o‘tish oldidan. Prelium kardning oxirgi janglaridan biri Rikardo Ramos va Zubayra Tuxugov o‘rtasidagi jang yakunlandi. Qiyin kechgan jangda Tuxugov hakamlarning qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.