SportUz.Net
iks
ads

MDH o'yinlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan sportchimizdan doping aniqlandi

29.10.2021 13:00    


Rasmni yuklab olish

Joriy yilning sentyabr oyida Rossiya Federaciyasining Qozon shahrida o'tkazilgan I MDH o'yinlarida ishtirok etgan muay-tay sport turi bo'yicha terma jamoa azosi Faxriddin Xasanovdan olingan doping-sinamasida taqiqlangan modda aniqlandi.

I MDH o'yinlarida 57 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi Faxriddin Xasanov oltin medalga sazovor bo'lgan edi. Joriy yilning 8 sentyabr kuni musobaqa jarayonida topshirgan doping-sinamasidan “meldoniy” taqiqlangan moddasi aniqlangan. “Meldonium” taqiqlangan moddalar ro'yxatining S4. Gormonlar va metabolizm modulyatorlari sinfiga mansub hisoblanadi.

Butunjahon antidoping agentligining (WADA) Xalqaro testlash va tergov-surishtiruv bo'yicha standarti talablariga asosan, F.Xasanov joriy yilning 8 oktyabridan boshlab mazkur holat Rossiya antidoping agentligi (RUSADA) tomonidan to'liq o'rganilishi va tegishli qaror chiqazilgunga qadar sport faoliyatidan vaqtincha chetlashtiriladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: